Rossiyada birorta ham oligarx yo‘qligi aytildi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakatidagi radikal muxolifatni rus oligarxlari moliyalashtirmoqda. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu fikrga o‘z munosabatini bildirdi.

Uning fikricha, Rossiyada oligarxlar yo‘q. Peskovning tushuntirishicha, oligarxlar – bu pul yordamida siyosatga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladigan biznesmenlar. Rossiyada esa bunday odamlar aniq yo‘q.

Matbuot kotibi, shuningdek, Belarusdagi saylovlar mamlakatning ichki ishi ekanligini ta’kidladi. Rossiya bu ishda qatnashmaydi va ishtirok etmaydi. U boshqa davlatlarni ham xuddi shu pozitsiyaga chaqirdi.

Joriy yilning 9 avgust kuni Belarsuda Prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 5 iyuldan 14 iyulgacha davom etadi. Lukashenkodan tashqari yana to‘rt nomzod mamlakat rahbari lavozimi uchun kurashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Rossiya

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar