Eng ko‘p ishlatiladigan parollar ma’lum bo‘ldi

Olam

image

DeviceLock kompaniyasi tahlilchilari eng ko‘p ishlatiladigan parollarni aniqladi. Eng mashhur o‘ntalikda: 123456, 123456789, qwerty, password, 12345, qwerty 123, 1q2w3e, 12345678, 111111, 1234567890.

Eng mashhur kirill imlosidagi parollar: men, parol, kverti, salom, sevaman, natasha, maksim, andrey, oftobim.

Pochta manzillari bo‘lgan loginlar uchun parollarni yo‘qotgan foydalanuvchilar orasida eng mashhur xizmatlar quyidagilar: mail.ru, yahoo.com (2018 yilgi yetakchi), hotmail.com, gmail.com, rambler.ru, yandex.ru, bk.ru, aol.com, qq.com va list.ru.

DeviceLock asoschisi va texnik direktori Ashot Oganesyan IT-tarmog‘i ishtirokchilarining barcha ta’limiy sa’y-harakatlarga qaramay, foydalanuvchilar parollarni tanlashga yengil qarayotganidan hayratda. “Parol uchun qat’iy talablar belgilanadigan korporativ tizimlarda vaziyat yaxshilandi, – deydi Oganesyan. – Lekin hech qanday avtomatlashtirilgan nazorat bo‘lmasa, foydalanuvchilar miyasiga birinchi kelgan narsani yozishlari aniq. Ya’ni “salom, sevaman, natasha” qabilida. Shu bilan birga, masalan, onlayn-kabinetga buzib kirish, keyinchalik elektron pochta yoki messenjerni o‘z ichiga olgan muhim tizimlarga tez kirish imkonini beradi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing