“Real” bir qarorga kelishi kerak

Sport

image

"Real" klubi 2020 yilning yozida amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer uchun mablag‘ yig‘moqchi.

"Qirollik klubi" rahbariyati bu ishni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun amalga oshirmoqchi. "Real" Prezidenti Florentino Peresning eng katta maqsadi 20 yoshli forvard bo‘lib turibdi.

Klub rahbari shu sabab, 2019/20 yilgi mavsum qishida yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas.

Biroq, klub transferlarni butkul amalga oshirmaydi deyishga hali erta, chunki hozirgi tarkibdan kimdir boshqa klubga sotilsa transfer qilish imkoniyati yuzaga keladi.

Mbappe joriy mavsum parijliklar tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar amal qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real bir qarorga kelishi kerak

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar