Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
10 Oktabr
11539“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ xabar berdi.
Hosilov bir necha yil “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ boshqaruv raisi lavozimida ham ishlagan. U 2023 yil iyul oyida “investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani” sabab lavozimidan ozod etilgan va 2023 yil dekabrda esa “O‘zbekiston temiryo‘llari”ga bosh muhandis sifatida qaytgandi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Hosilov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zinterservis” qo‘shma korxonasi, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.
LiveBarchasi