Husnbuzarlar, temiratki, vitiligo, po‘rsildoq... Teri kasalliklari qanday davolanadi?

Salomatlik

image

Inson terisi organizmning eng muhim a’zosidir. Katta yoshdagi odam terisi tananing 8 foizini tashkil etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, dermotologiya bo‘yicha muammolar hozirda ko‘plab uchramoqda. 

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Shahnoza Mavlonova aholi orasida eng ko‘p uchraydigan teri kasalliklari bo‘yicha gapirib o‘tdi.

“Hozirgi kunda teri kasalliklari bilan xastalangan bemorlar soni axoli orasida ko‘payib bormoqda. Bulardan teri allergik kasalliklari, psoriaz, ya’ni qipiqli temiratki, vitiligo, alopetsiya (soch to‘kilishi), husnbuzar kasalliklaridir. Shuni aytish joizki, oxrgi vaqtda teri kasalliklari orasida og‘ir kechayotgani po‘rsildoq yara kasalligi hisoblanadi. Shuningdek, turli  ichki va tashqi omillar teri kasalliklarining nisbattan og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi.

Xususan, organizm immun tizimining buzilishi, modda almashinuvi, neyro-endokrin kasalliklari xamda tashqi omillardan ekologik omillar, alimentar, asabiylashish va shu bilan bir qatorda bemor tomonidan nazoratsiz dori vositalarini qabul qilishlari kasalliklarning rivojlanishi va og‘ir shakllariga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, teri butun inson tanasini qoplab turuvchi a’zo bo‘lib qolmay, balki barcha ichki a’zolar bilan uzviy bog‘liq xolda, qator muhim vazifalarni bajaradi. Odamning sog‘lig‘i, yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizimi bilan bir qatorda, terining funksiyasi va xususiyatiga ham bog‘liq”, deydi Mavlonova.

U bolalar orasida gerpes virusi ko‘p uchrab turishiga ham o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Qayd etilishicha, viruslar sabab kelib chiquvchi dermatozlar teri kasalliklari ichida salmoqli o‘rinni egallaydi.

“Uchuq (gerpes virusi), kontagioz mollyuska, so‘gallar bolalarda ko‘p uchraydi. Oddiy uchuq virusi boshqa viruslardan farq qilib, u inson organizmida yillab saqlanishi, ba’zi noxush xolatlar (zotiljam, bronxit, O‘RVI, har xil intoksikatsiyalar va boshqalar) ta’sir etganda faollashi mumkin. Aksariyat hollarda qo‘rqish, sovqotish, shamollash, gipovitaminoz holatlari ham viruslarni qo‘zg‘atib oddiy uchuqqa sabab bo‘ladi. Ba’zan bemor bilan muloqotda bo‘lganda ham kasallik yuqishi mumkin. Kasallik onadan bolaga muloqot vaqtida, tug‘ruq yo‘llari orqali, ifloslangan homila oldi suyuqligi orqali va platsenta orqali yuqadi. Bunday hollarda kasallik og‘ir, asoratli kechishi mumkin. Kasallik O‘RVI kasalliklar bilan birga kechganda havo-tomchi yo‘li bilan ham yuqadi”, deydi Shahnoza Mavlonova.

Mutaxassis fikricha, bemor bilan muloqotda bo‘lganda ham kasallik yuqishi mumkin. Kasallik onadan bolaga muloqot vaqtida, tug‘ruq yo‘llari orqali, platsenta orqali yuqishi mumkin. Bunday hollarda kasallik og‘ir, asoratli kechadi.

“Aholi orasida kosmetologik uslublar keng tarqalishi kuzatilmokda. Bu muolajalar so‘zsiz mutaxassislar tomonidan bajarilishi zarur va maxsus muolajalar in’eksiyalar, botulotoksin yoki neyronoks, mezoterapevtik muolajalar, pilinglar aniq ko‘rsatmalar asosida, tavsiyalarga ko‘ra bajarilishi shart. Kosmetologik muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan kat’iyan nazorat bilan maxsus sharoitda o‘tkazilishi kerak. Tanlangan mahsulotlarda davlat sertifikati  bo‘lishi zarur.”, deydi Shaxnoza Mavlonova.

Uning ta’kidlashicha, kosmetologik muolajalarni aynan yoshiga, terining holatiga karab, mutaxassis tanlaydi va tavsiya kiladi. To‘g‘ri tanlangan tibbiy kosmetologik muolajalar terini go‘zallashtiradi va yoshartiradi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing