Husanovning “Fulhem”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image

Kecha, 11 fevral kuni “Manchester Siti” jamoasi Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasida “Fulhem”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Dastlab, uchrashuvning 24-daqiqasida mezbonlar safidan Antuan Semeno hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, 30-daqiqada Niko O’Reyli hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 39-daqiqada esa Xoland hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Abduqodir Husanov maydonga tushdi. Shundan so‘ng “shaharliklar” himoyada ishonchli harakat qilib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, “Manchester Siti” o‘z maydonida yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Sofascore” portali talqiniga ko‘ra, zaxiradan maydonga tushgan Husanovning o‘yindagi harakatlari 6,9 ball bilan baholandi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” hozirda APL turnir jadvalida 53 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan yuqorida esa Londonning “Arsenal” jamoasi bormoqda. “To‘pchilar” hisobida 56 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Manchester Siti” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing