Husanov yana zaxirada qoldirildi
Sport
−
12 aprel
8228Angliya chempionati 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan asosiy tarkiblar e’lon qilindi.
E’tiborlisi, “Siti”ning 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda ham zaxirada qoldirildi. Husanov jamoasining 31-turdagi o‘yinida ham zaxirada qolib, maydonga tushmagan edi.
“Manchester Siti”: Ederson, Lois, Diash, Gvardiol, O‘Reyli, Niko, Kovachich, Gyundogan, De Bryuyne, Makati va Marmush.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti”-“Kristal Pelas” o‘yini Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi. Uchrashuvga shaharliklarning uy arenasi “Etihad” stadioni mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi