Husanov va Shomurodov uchun omadsiz hafta – Sport dayjesti
Tahlil
−
16 mart
1304Bir necha kundan keyin “Bunyodkor” stadionda O‘zbek futboli tarixidagi eng muhim o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tadi. Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi o‘zining avj pallasiga kirdi. Temur Kapadze esa Qirg‘iziston va Eronga qarshi muhim uchrashuvlar uchun qaydnomani e’lon qildi. OCHLda shov-shuv ko‘targan Paxtakorning ertagi erta yakunladi. Husanov va Shomurodov o‘z klublaridagi navbatdagi o‘yinlarda maydonga tushdi.
Shu va boshqa muhim sport mavzulariga bugun QALAMPIR.UZning Sport dayjestida batafsil to‘xtalamiz. Assalomu alaykum.
Husanov APL ramziy jamoasiga kiritildi
“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya chempionatining 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoaga kiritildi. Bu haqda “Score90” xabar berdi.
Nashr tomonida tuzilgan ramziy terma jamoaga Husanovdan tashqari “shaharliklar”dan Riko Lois va Savino kiritilgan. Ramziy jamoadan eng ko‘p aynan “Manchester Siti” va shaharning yana bir jamoasi “Manchester Yunayted” futbolchilari joy olgan. “Qizil iblislar”dan Leni Yorro, Kobbi Meynu va Garnacho chempionatining eng yaxshi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari qatorida e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Husanov hozirga qadar “Siti” tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shuningdek, “shaharliklar”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
“Manchester Siti” Hindistonning yirik agentligi bilan hamkorlik qiladi
“Manchester Siti” Hindistondagi o‘sib borayotgan muxlislar bazasi bilan aloqa o‘rnatish maqsadida mamlakatning yetakchi sport menejmenti va konsalting agentligi “Rise Worldwide” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Economic Times” nashri xabar berdi.
“Rise Worldwide” agentligi rahbari Nikxil Bardia “Manchester Siti” bilan hamkorlik nafaqat biznes taraflama, balki sport tarafalama mamlakat uchun muhim voqea ekanligini ta’kidladi.
“Manchester Siti” dunyoning eng yaxshi klublaridan biri va biz ular bilan shartnoma imzolash sharafiga muyassar bo‘ldik. Maqsadimi nafaqat biznes o‘sishiga turtki beradigan, balki mamlakatda sport rivojiga hissa qo‘shadigan uzaq muddatli ittifoqlar tuzishdir”, deydi Bardia.
Ma’lumot o‘rnida, “City Football Group” allaqachon Hindistonda moliyaviy va sport sohasidagi manfaatlariga ega bo‘lib, Hindiston Superligasi klubi “Mumbai Siti”ga sarmoya kiritgan. Klubga sarmoya kiritilganidan beri “Mumbai Siti” futbol klubi o‘zini so‘nggi paytlarda Hindistonning eng muvaffaqiyatli klublaridan biri sifatida ko‘rsatdi hamda “ISL League Shield” va “ISL Cup” musobaqalarida ikki marotabadan zafar quchdi.
Husanov va Shomurodov terma jamoaga chaqirildimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘inlari uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 mart kuni Qirg‘iziston termasini qabul qiladi. 25 mart kuni esa Eronga qarshi safarda maydonga tushadi. Ushbu yig‘inga “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jalb etildi.
Bosh murabbiy Temur Kapadze tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati quyidagicha:
- Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev;
- Himoyachilar: Abdulla Abdullayev, Xojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Farrux Sayfiyev, Dilshod Komilov, Sherzod Nasrullayev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Zafarmurod Abdurahmatov;
- Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Abbos Fayzullayev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Otabek Shukurov, Abdurauf Bo‘riyev, Akmal Mozgovoy, Ruslan Jiyanov.
- Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Bobur Abdixoliqov.
Shomurodov va “Roma” YeLdagi yurishini to‘xtatdi
13 mart kuni Yevropa ligasi 1/8 final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Rimning “Roma” klubi mehmonda “Atletik”ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur bahsda rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ikkinchi taymda maydonga tushdi. Uchrashuvda dastlab, 11-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Mats Xummels qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa o‘yin natijasiga ta’sir qilmay qolmadi. Mezbonlar hujumchisi Niko Uilyams dubli va himoyachisi Yuriy Berchichening bir goli evaziga “Atletik” hisobdagi farqni 3 taga yetkazdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda rimliklar yarim himoyachisi Leandro Paredes penaltini golga aylantirib, hisobni qisqartirdi, 3:1.
Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:3 hisobida g‘alaba qozongan “Atletik Bilbao” Yevropa ligasi chorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu jamoalarning dastlabki bahsida “Roma” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa ligasi 1/4 finali dastlabki o‘yinlari 10 aprel kuni va javob o‘yinlari 17 aprel kuni o‘tkaziladi.
“Paxtakor” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va Elit OCHL bilan xayrlashdi
12 martga o‘tar kechasi Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich javob o‘yinlari doirasida “Paxtakor” “Al-Hilol” mehmoni bo‘ldi va yirik 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Dastlabki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan “Al-Hilol” o‘z uyidagi bahsni faol boshladi. Jamoa birinchi taymning o‘zida “Paxtakor” darvozasini 3 bor ishg‘ol qilishga ulgurdi. Ikkinchi taym oxirida mezbonlar yana bir marta toshkentliklarni xafa qildi.
Shu tariqa, “Al-Hilol” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Paxtakor”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi. Klub murabbiyi Jorje Jezush esa lavozimidan ozod etilmaydigan bo‘ldi.
LiveBarchasi