Hurmatli Shavkat Miromonovich... Aliyev Mirziyoyevga tabrik maktubi yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga saylovda qilgan g‘alabasi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich,

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz qardosh O‘zbekiston xalqining mamlakatingiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan siyosiy yo‘nalishingizni qo‘llab-quvvatlayotgani, chinakam yetakchi sifatida Sizga bo‘lgan katta ishonch va hurmatning yorqin ifodasidir.

Ozarbayjon va O‘zbekistonni xalqlarimizning umumiy ma’naviy qadriyatlaridan kelib chiqadigan mustahkam do‘stlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Bu buzilmas asosga qurilgan va o‘zaro manfaatli hamkorlikning har kuni kengayib borayotgan aloqalarimizning hozirgi darajasi, ayniqsa, mamnuniyat baxsh etadi.

Ishonamanki, Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi boy milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan quvvat oladigan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari qardosh xalqlarimizning xohish-irodasiga muvofiq bundan keyin ham yuksalish yo‘lida rivojlanib, chuqurlashib boraveradi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, sizga sihat-salomatlik, baxt, qardosh O‘zbekiston Respublikasining farovonligi va ravnaqi yo‘lida eng oliy davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilayman”.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti                I. Aliyev
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing