Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va ishbilarmonlar diqqatiga!

Biznes

image

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun murojaatlar kelib tushish boshlandi.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, “Yog‘ bozori” MFY, O. Maxmudov ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Muxamadiyev Ramz Erkinovichga qarashli meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan 271 kv.m yer maydoniga fuqaroning tegishli arizasiga muvofiq mulk huquqini beruvchi ENG BIRINCHI DAVLAT ORDERI rasmiylashtirildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi Ramz Эркиновични Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida boshlangan islohotlardan birining birinchi samarasi sohibi bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etadi!

Bundan tashqari, qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va ijara huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

Joriy yil 1 iyun holatiga respublika bo‘yicha jami 22 mingdan ortiq yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 10 mingga yaqini mulk huquqida 1 185 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan jami 140,1 mlrd. so‘mga sotildi, shundan mulk huquqi bilan sotilgan yer uchastkalri 68 taни tashkil etadi.

Jumladan, “SAM-MAROQAND-OIL” MCHJ tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali Samarqand shahar, “Rasadxona” MFY hududidagi sotib olingan 1 410 kv.m. yer uchastkasi uchun birinchi raqamli “Yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi” berildi.

“SAM-MAROQAND-OIL” MCHJ jamoasi va ta’sischilarini shaffof elektron auksion savdolarida ishtirok etib g‘olib bo‘lganliklari bilan qutlaymiz!

Fuqarolar, tadbirkor va ishbilarmonlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali shaffof savdolarda ishtirok etishga hamda umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer maydoniga mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

 

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring davaktiv.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing