Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan.

Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan tashqari yana 6 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Humoyun To‘xtamurodov shu vaqtga qadar MMA'da  10 ta jang o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan va 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan. U oxirgi marta 2022 yilning iyul oyida Octagon 32 turnir doirasida eronlik Said Mexrshadni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston jang Humoyun To'xtamurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made