Humoyun To‘xtamurodov kamar uchun jang qiladi
Sport
−
23 Sentabr
4790O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov “Naiza” ligasining BMF kamari uchun jang o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Naiza 67” turniridan keyin To‘xtamurodov kamar uchun jangga tayyorligini va Toshkent bo‘lajak musobaqani yuqori saviyada o‘tkazishini bildirdi.
“Men kamar uchun jangga doimo tayyorman. Musobaqa Toshkentda o‘tkazilsa, biz UFC darajasida shou ko‘rsatamiz. Biz o‘zbeklarda ortga qaytish yo‘q. Kim osh yegani kelsa, oshimiz doim tayyor, jang uchun kelsa, jangdan keyingi holatidan o‘zingiz nima bo‘lganini bilib olasiz”, deydi To‘xtamurodov.
“Naiza” ligasining turnirlaridan biri shu yil dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘sha turnirda 25 yoshli To‘xtamurodov qozog‘istonlik Davlat Usserbay bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, To‘xtamurodov shu vaqtga qadar MMA’da 13 ta jang o‘tkazib, 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta jangda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr