Hukumatni ag‘darishda ayblangan jurnalist nihoyat ozod etildi

Olam

image

“Al Jazeera” jurnalisti Mahmud Husayn 2016 yilning dekabrida hibsga olinganidan ikki yarim yil o‘tib, Misr sudining qarori bilan hibsdan ozod qilindi.

Manbaga ko‘ra, Misr hukumati bir necha kun oldin Husaynni ozod etishga qaror qilgan, biroq prokuratura bu qarorga shikoyat qilib chiqqan. Apellyatsiya payshanba kuni ko‘rib chiqilgan va sud oxirida jurnalist ozod etilgan.

Jurnalist 884 kun qamoqda saqlangan. Bu haqda uning qizi OAVga xabar bergan. 
2016 yil 24 dekabr kuni “Al Jazeera” telekanali Misr fuqarosi bo‘lgan jurnalist Qohirada qo‘lga olingani haqida e’lon qilgandi.  Ma’lum bo‘lishicha, jurnalist Abdul Fattoh al-Sisi hukumatini ag‘darishga urinayotganlikda gumonlangan. 

Shu bilan birga, Misr huquq-tartibot idoralari jurnalist Mahmud Husaynning uyida yashagan aka-ukasini ham hibsga olingandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing