Hukumat zaharli moddalar ko‘miladigan ob’ektlarga oid qaror qabul qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ob’ektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan belgilanishicha, zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Quyidagilarni moliyalashtirish manbalari belgilandi:

•    maxsus ob’ektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qilish, margimush chiqindilarini boshqa joyga ko‘chirib ko‘mish, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq chora-tadbirlar – ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan;
•    maxsus ob’ektlarni joriy saqlash xarajatlari – Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
•    yangi joyni joriy saqlash xarajatlari – mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagilarni ta’minlash topshirildi:

•    maxsus ob’ektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlashtirish ishlarining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini;
•    har chorakda maxsus ob’ektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalishini aniqlash bo‘yicha tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan o‘tkazib borilishini.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing