“Hukumat tekshiruvga to‘sqinlik qilmasligi kerak” – Guterrish Shinjondagi inson huquqlari haqida 

Olam

image

Joriy yilning 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Pekin – 2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakat rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kecha, 5 fevral kuni XXR Raisi Si Szinpin va mamlakat Tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar chog‘ida Bosh kotib rasmiy Pekinga talab qo‘ygan. 

U Xitoy hukumatidan Inson huquqlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh komissari Mishel Bacheletning Shinjonga qiladigan tashrifiga to‘sqinlik qilmaslikni so‘ragan. 

Bu haqda e’lon qilingan BMT rasmiy bayonotida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariat idorasi va Xitoy hukumati o‘rtasidagi aloqalar Bosh komissarning Xitoyga, jumladan, Shinjonga tashrif buyurishi uchun imkon berishiga umid bildirdi”, deyiladi.

Ammo, rasmiy uchrashuv haqida xabar bergan Xitoy mediasi tomonlar o‘rtasida muhokama qilingan inson huquqlari bo‘yicha tekshiruv xususida miq etmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati BMTning Shinjondagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish bo‘yicha qo‘ygan talabiga rozilik bildirgani xaqida xabar bergan edik.

Pekin – 2022 qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tganidan so‘ng, BMT inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Mishel Bachelet Xitoydagi uyg‘ur ozchiligi yashaydigan Shinjonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

BMT vakili 2018 yil sentyabr oyidan beri Shinjondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun Xitoy hukumati bilan rasmiy tashrif borasida muzokaralar olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing