Hukumat “prava” olishga doir muhim qarorni imzoladi
Jamiyat
−
06 may 2021 17935 1 daqiqa
Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasida xususiy sektorlar ham ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi.
Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.
Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025