Hukumat oziq-ovqat, benzin va ko‘mir narxlari bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilyapti

Jamiyat

image

Tez kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlarini nazorat qilish va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ayni kunlarda Ai-80 markali benzin narxining oshganligi aholi orasida tanqidiy muhokamalarga sabab bo‘layotganligi va bunga qarshi huquqiy ta’sir choralari yetarliligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Qabul qilinishi kutilayotgan qaror loyihasiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: 

•    45 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar (benzin, ko‘mir, metall, sement va hokazo); 

•    10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol mahsulotlari (un, go‘sht, non, shakar, o‘simlik yog‘i va hokazo) narxlarining asossiz oshirilmasligini nazorat qiladi. 

Mazkur vazifani bajarish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: 

•    ushbu mahsulotlar narxlarining o‘zgarish dinamikasini monitoring qiladi, ularning tebranishiga ta’sir etgan omillar va ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi; 

•    narxlarning asossiz o‘sishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirishlar holatlarini aniqlash uchun belgilangan tartibda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kiradi hamda ombordagi mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazadi; 

•    xatlovda aniqlangan mahsulotlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish,  asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritadi;

•    taqdimnoma va ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.  

Alohida urg‘ulanishicha, mazkur qarorning qabul qilinishi strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing