Hududlarning Biznes reytingi tuzildi. Kuchli uchlikda kimlar bor?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning 14 ta ma’muriy hududining biznes reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hududlar Biznes reytingini e’lon qilish uchun b-indicator.uz sayti ishga tushirilgan.

2020 yil yakunlari bo‘yicha 14 ta viloyat hamda 203 ta tuman (shahar)larning Biznes reytingi e’lon qilindi. Reyting 30 ta indikator bo‘yicha shakllantirildi.

Reyting shakllantirishda 15 ta vakolatli organlar tomonidan kiritilgan 4 mingga yaqin statistik ma’lumotlar hamda 25 mingdan ortiq tadbirkorlardan so‘rov yo‘li bilan olingan 475 mingga yaqin axborotlar tahlil qilingan.

Baholash yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri 1-o‘rinni, Surxondaryo viloyati – oxirgi o‘rinni egallagan.

Tuman (shahar)lar ichida Bektemir tumani 1-o‘rinni, Baxmal tumani – oxirgi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasiningg “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Adliya vazirligiga joylarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini aniqlash vazifasi yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

biznes reyting

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar