Hududlardagi 105 ta yaroqsiz uy o‘rniga ko‘p qavatli uy-joylar quriladi — Prezident

Jamiyat

image

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent shahri hokimlari jami 105 ta yaroqsiz uy o‘rniga tadbirkorlar tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar qurib berish tashabbusini bildirgan. Bu haqda Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda aytildi.

Xabarga ko‘ra, videoselektorda ushbu hududlar rahbarlariga bir oy muddatda renovatsiya asosida tadbirkorlar tomonidan quriladigan uylar bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni hal qilib berish vazifasi qo‘yilgan.

Shu bilan birga, joriy yilda 66 ta uylar mahalliy byudjet hisobidan yoki tadbirkorlar bilan birga qurib beriladi. Shuningdek, joriy yilda 456 ta avariya holatidagi uylarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu maqsadlarga joriy yilda Moliya vazirligi 100 milliard so‘m, viloyat hokimlari 60 milliard so‘m ajratishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, joriy yilda 2 ming 400 ta, kelgusi ikki yilda 4 ming 100 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing