Hududlarda qishloq xo‘jaligi uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2021 yilning mart-sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.

Joriy yil 20 aprelgacha yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste’molchilari bo‘yicha tegishli shartnomalar to‘liq rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, joriy yilda jami 100 ta irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish hamda boshqaruvga beriladi.

Qarorga muvofiq, suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing