Hozirgi “Manchester Yunayted”ga qarash achinarli – Roy Kin

Sport

image

“Liverpul”ning “Manchester Yunayted” ustidan qozongan 4-0 hisobidagi g‘alabasidan ajablanishning hojati yo‘q. Bu haqda “qizil iblislar”ning afsonaviy futbolchisi Roy Kin “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Shuningdek, Kin hozirgi “Yunayted”ga qarash achinarli va u o‘ynagan davrdagi “Manchester Yunayted” bunday futbol namoyish qilmaganiga ham to‘xtalgan.

“Mag‘lubiyatga nisbatan hech qanday jahl yo‘q, mavsum boshida jahl bor edi. Endi bu tushkunlik va qayg‘uga aylandi. Jamoaga qarang, yurak, ruh, yetakchi va na mahorat qolgan. Bunday jamoadan g‘alaba kutib bo‘lmaydi “Liverpul”ning 4-0 hisobidagi g‘alabasining ajablanarli joyi yo‘q. Sababi, "Liverpul" oldinga yugurgan istalgan vaqtda gol urishi mumkin edi. Klubning boshqaruvida parokandalik bor. Muxlislarning xo‘jayinlarni kutishga vaqti yo‘q. Ularga yangi murabbiy kerak. Shuningdek, yangi futbolchilarni xarid qilib, ba’zi o‘yinchilardan qutulish shart. Hozirgi “Yunayted”ni ko‘rish juda achinarli. Bu men o‘ynagan klub emas", degan "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 19 aprel Angliya Premer ligasining 30-turidan qoldirilgan uchrashuv doirasida “Manchester Yunayted” “Liverpul” maydoniga safar qilib, 4-0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing