Hozirgi kungacha qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2021–2022 o‘quv yili uchun bugun, 10 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 206 332 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 127 350 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 73 709 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 5 273 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili — 174 632 nafar;
  • Rus tili — 26 199 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 4 466  nafar;
  • Boshqa tillar — 1 035 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti —  7 461 nafar;
  • O‘zbekiston milliy universiteti — 6 957 nafar; 
  • Namangan davlat universiteti — 6 743 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 6 366  nafar;
  • Guliston davlat universiteti — 5 912 nafar.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing