Hozir futbol ko‘rishdan qo‘rqaman – Aguero

Sport

image

Argentinalik sobiq futbolchi Serxio Aguero majburiy ravishda nafaqaga chiqqandan keyin, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar uning kelajagi uchun nimani anglatishi haqida gapirdi.

“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Serxio Aguero futbol tomosha qilishni va o‘ynashni xohlashini tan oldi, ammo yurak aritmiya tashxisi qo‘yilganidan keyin futbol ko‘rishdan juda qo‘rqadi. Sobiq hujumchi shifokorlarining tibbiy maslahati tufayli futbolni tark etishga majbur bo‘ldi va bu butun dunyo bo‘ylab muxlislarni xavotirga soldi.

Argentinalik futbolchi hozir dam olish vaqti ekanligini ta’kidladi, ammo u kelajakda futbolda qanday rolni bajarishi mumkinligini o‘ylab ko‘rishni boshlaydi.

“Bugun men o‘ynashni xohlayman, lekin qo‘rqaman. Men butun umrimni maksimal darajada katta musobaqalarda o‘ynashga sarf qildim. Men futbol yoki yangiliklarni ko‘rmayman, hozir nima bo‘layotgani men uchun ahamiyatsiz. Men o‘zimga eng ko‘p yoqadigan narsalarga e’tibor qarataman. Masalan, do‘stlarim bilan birga vaqt o‘tkazishni xohlayman. O‘yinga qaytish vaqti-vaqti bilan miyamga keladi, lekin men buni qila olmasligimni bilaman. Do‘stlarim menga omadli ekanligimni aytishdi, chunki men osongina yurak xurujiga duchor bo‘lishim mumkin edi. O‘ylaymanki, shu kunlarda faqat dam olishim kerak”, deydi argentinalik sobiq futbolchi.

2021 yil oktyabr oyi oxirida Agueroning ko‘krak qafasidagi noqulaylik, yurak ritmining buzilishi bilan bog‘liqligi aytilgan va keyinchalik Serxio uch oyga safdan chiqqan edi. Yurak aritmiyasi - bu yurakning tartibsiz, juda sekin yoki juda tez urishidir. Ammo o‘sha paytda hech kim, dunyoning eng samarador hujumchilaridan biri butsasini mixga osishi kerak deb o‘ylamagan edi. Lekin oradan bir oy o‘tib, 2021 yil dekabr oyida Aguero o‘zi olgan tibbiy maslahat tufayli nafaqaga chiqishi kerakligini butun dunyoga e’lon qildi va faoliyati davomida o‘ynagan barcha jamoalarga minnatdorlik bildirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing