“Hoji to‘yi” shariatda bormi?

Jamiyat

Avvalroq, bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oliy Majlis Senati hamda Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. 

Mazkur majlis kun tartibidagi birinchi masala to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan senator va deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. 

Xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilovga so‘zga chiqib, o‘z mulohazari bilan o‘rtoqlashdi:“2018 yil mart oyida senatimiz qaror qabul qildi. Joylarga tavsiya bergan, to‘ylarni tartibga solish bo‘yicha. E’tibor berishimiz kerak, anchagina ijobiy natijalar berdi. Joylarda deputatlar ishladi, diniy ulamolar ishladi. Albatta bu o‘zining juda yaxshi natijasini berdi. Hamma joyda ham natija berdi deb aytolmaymiz, bu tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan birinchi bosqichmiz edi. Ikkinchi bosqichda e’tibor qilgan bo‘lsangiz, juda ko‘p ta’qiqlash bor. Hamma narsani ta’qiqlasak, uni jamoatchilik to‘g‘ri tushunmaydi. O‘zi hozirgi tavsiya qilinayotgan me’yorlarni ham kerak bo‘lsa 50 martta ko‘rish kerak. Bugun Senat tasdiqlaydi. Qonunchilik palatasi ham yalpi majlisda tasdiqlaydi. Qarorni namunaviy qilsak, yana eski holat, orqaga qaytgan bo‘lamiz. Kim qayerda nikohdan o‘tishini ularning o‘ziga tashlashimiz kerak” dedi Nuriddinjon Ismoilov.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov so‘zga chiqdi. “Albatta hamma aytganingizni qo‘llab-quvvatlayman, dabdababozlik Qur’onda ham Hadisda ham qoralangan. Diniy nuqtai nazardan o‘tkazilayotgan marosimlar aytaylik, xotira marosimi, yoki aqiqa va shunga o‘xshashlarda dabdababozlik qilinishi kerak emas. Agar din bilan bog‘liq marosimlar bo‘lsa, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bilan kelishgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir”, dedi  Nuriddin Xoliqnazarov. “Masalan "hoji to‘yi" degani shariatda yo‘q. Agar shunday bo‘lsa, biz darhol bunga e’tiroz bildiramiz. Aqiqayam bolaning shukronasiga qilinadigan ehson dabdababozlik emas. Diniy marosimlarni Musulmonlar idorasi bilan kelishgan holda o‘tkazsa, biz ko‘plab muammolarning oldini olgan bo‘lamiz”, dedi Toshkent shahar bosh imom-xatibi. 

Shuningdek, nikoh to‘yidagi kortejlar masalasida bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z fikrlarini bayon etdi.
Blogerga ko‘ra, nikohni FHDYOda qayd etish, kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Qaror e’lon qilingandan so‘ng jamoatchilik qanday fikr bildirishini o‘ylab ko‘rish zarur. Misol uchun, kortejlar masalasida ham o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Nega 4 yoki 5 ta emas, aynan 3ta?” dedi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

“Shaxsan o‘zimning to‘yimda ham 3 ta yengil avtomashina ishtirok etgan. Bu bilan men hech narsa yutqazmadi yoki shaxsiy hayotimga ham hech qanaqa ta’sirini sezmadim. Shuning uchun cheklovni qo‘llab-quvvatlayman. Faqat ushbu bandga mantiqiy asoslangan izoh berilishi kerak” dedi bloger.

Hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, bitta mashina kelin-kuyov uchun ajratilsa, yana biri fotograf va operator uchun ajratiladi. Kuyovning 2-3 nafar o‘rtog‘i va kelin dugonalarining ham kelin-kuyov bilan birga yurishini inobatga olib, ularga ham alohida-alohida mashina ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Negaki, kelin dugonalariga begona kuyovning o‘rtoqlari bilan bitta mashinada o‘tirish noqulay bo‘lishi mumkin”, dedi Xushnudbek Xudoyberdiyev. 

Shundan so‘ng Senat raisi Tanzila Norboyeva blogerga taklif, albatta, ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

o'ziga shar'iyatda

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar