Hojatxonasi yo‘q “zapravka”lar faoliyati to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1 sentyabrdan boshlab hojatxona bo‘lmasa, mahsulot savdosi to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYOQC)ning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi.

Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini turizm va yondosh sohalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQClarning 2020 yilning 1 sentyabrdan faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligini belgilangan. 

Shundan kelib chiqqan holda, AGTKS, AGQS va AYOQC hududida sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmaslik hamda Respublika va Hududiy ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklarning 2020 yilning 1 sentyabriga qadar bartaraf etilmasligi:

•  “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ hududiy bo‘linmalari tomonidan - AGTKSlarga gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish; 

•  “O‘zbekneftgaz” AJ hududiy neft bazalari tomonidan - aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagunicha AYOQClarga neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish yoki Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 sentyabrdagi “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 397-sonli qarori talablariga muvofiq neft mahsulotlari yetkazib berish shartnomasini bekor qilish; 

•  Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan - litsenziya talablari va shartlari belgilangan tartibda bajarilmaganligi munosabati bilan AGTKS va AYOQClar orqali siqilgan va suyultirilgan gazni sotish faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining amal qilishini to‘xtatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing