Homilador ayolini Farg‘ona kanaliga itarib yuborgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘onada homilador ayolini Katta Farg‘ona kanaliga itarib yuborgan erkak 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, oiladagi kelib chiqqan janjal sabab ayol onasining uyiga ketgan. Ayolining ortidan borgan erkak esa ijara uyiga olib ketishini aytib, uni kanal bo‘yiga boshlab borgan. 

Kutilmaganda u rafiqasini suvga itarib, o‘zi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Cho‘kayotgan ayolni esa shu atrofdagi fuqarolardan biri suvdan olib chiqqan. 

Tezkor qidiruv ishlaridan so‘ng, rejasi amalga oshmagan erkakka Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 “N.J. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25 orqali 97 moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartib kaloniyasida o‘talishi belgilangan”, deydi JIB Qo‘qon shahar sudi sudyasi Abror Omonov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

737

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing