Holand Ronalduning rekordini yangilashi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand Krishtianu Ronalduning Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda Shotlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alli Makkoyst o‘z intervyusida aytib o‘tdi. 

Holand klub safida 2025-26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi. U joriy mavsumda “Tottenhem”ga qarshi o‘yindan tashqari barcha o‘yinlarda gol urdi va hozirgacha barcha musobaqalarda 7 o‘yinda 9 ta gol kiritdi.

Kecha, 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bernli”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Holand ushbu o‘yinda ikki gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2024-25 yilgi jarohatli mavsumdan so‘ng, Pep Gvardiolaning biroz omadsiz mavsumni o‘tkazgan jamoasiga kuchli formada qaytdi. 

Shotlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alli Makkoyst Holand haqida shunday dedi: 

“Erling Holand Krishtianu Ronalduning Chempionlar Ligasidagi rekordini yangilashi haqida gapirish o‘zi g‘alati. Men bu rekord hech qachon yangilanmaydi deb o‘ylagandim. Lekin u jarohat olmasa, bu rekordni ham, boshqa ko‘p rekordlarni ham yangilashi mumkin. Menimcha, Alan Shirer ham hozir Holandning boshqa chempionatga, masalan “Barselona” yoki “Real Madrid”ga o‘tishini xohlaydi. Alanni yaxshi bilaman, u juda yaxshi yigit, lekin u ham o‘z rekordiga xavf solinayotganini ko‘rib turibdi. Ya’ni, agar bu yigit yaxshi yursa, Sherarning ham rekordini yangilab tashlaydi”, deydi u. 

Shuningdek, Makkoyst “Manchester Siti”ning hozirda biroz susaygani va himoyalanib o‘ynayotganini aytib, bu uslub Holandga qo‘l kelayotganini ta’kidlagan. 

“Endi shunday holat bo‘lyaptiki, “Siti” ba’zida raqiblar uchun avvalgidek qo‘rqinchli tuyulmayapti, raqiblar ularga qarshi hujumkorroq o‘ynay boshlamoqda va bu Holandga qo‘l kelyapti. Raqiblar “Siti”ga qarshi avvalgidek yopiq o‘ynamasligi mumkin, bu esa, albatta, Holandning foydasiga ishlaydi”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni chempionatining 2024/2025 mavsumida eng yaxshi to‘purar sifatida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida “Oltin butsa” mukofotiga sazovor bo‘lgandi.

Nodir Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti Krishtianu Ronaldu Erling Holand Al-Nasr Alli Makkoyst

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing