Chemponat peshqadami “Humo” “Binokor”ga magʻlub boʻldi
Sport
−
18 mart 2019 5066 2 daqiqa
Joriy yildan e’tiboran, O‘zbekistonda ilk bor 4 ta klub ishtirokida hokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Dam olish kunlari chempionat doirasidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda qayd etilgan natijalar turnir jadvalidagi intrigani maqsimal darajada qizdirib bermoqda. Bu turda “Binokor” peshqadam “Humo”ni 6:3 hisobida, “Toshkent” esa “Semurg‘”ni 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Ta’kidlash joiz, Toshkentga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Milosh Rjiga mazkur turda shaybani ramziy o‘yinga kiritib berish jarayonida ishtirok etdi.
Turnir jadvalida “Humo” birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda mos ravishda “Binokor”, “Toshkent” va “Semurg‘” jamoalari ayni shu ketma-ketlikda joy olishgan. E’tiborlisi, endilikda har bir klub o‘rtasidagi farq atigi 1 ochkoni tashkil qilmoqda.
Keyingi tur uchrashuvlarida “Humo” – “Semurg‘”, “Binokor” – “Toshkent” jamoalari kuch sinashadi.
Hokkey. O‘zbekiston chempionati, 12-tur.
“Humo” – “Binokor” 3:6 (1:1, 0:3, 2:2)
“Toshkent” – “Semurg‘” 3:2 (1:0, 0:1, 2:1)
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28