Hokimlik binosida ham “svet” yo‘q – Kitob tumani hokimi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimligi binosida ham elektr ta’minoti yo‘q. Bu haqda tuman hokimi Alisher Zokirov elektr ta’minotidagi uzilishlardan norozi bo‘layotgan aholiga murojaatida aytib o‘tgan.

Tuman hokimi mavjud muammolar yuzasidan Energetika vazirligi va ta’minotchi soha rahbariyatiga bir necha marta aloqaga chiqib, vaziyatni yaxshilash bo‘yicha talab qo‘yilayotganini ma’lum qilgan. 

“Tuman hokimi sifatida shaxsan men ham shu tumanda yashayman. Mavjud holat tufayli hokimiyat binosida ham elektr ta’minoti yo‘q”, deydi Kitob tumani hokimi.

Alisher Zokirovning ta’kidlashcha, Respublikadagi bir nechta IESlarda quvvat kamaygan va uzilish kuzatilgan. Buning oqibatida Respublikaning bir qancha tumanlarida avtomatik ravishda cheklovlar kiritilgan.

“Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan. Mazkur o‘chish holatning sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi murojaatda.

Tuman hokimi murojaat so‘ngida hududda elektr ta’minoti tez orada iziga tushishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing