Hokimlarning bozorlar bo‘yicha javobgarligi kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Bozor va savdo komplekslari faoliyati yanada takomillashtiriladi va ulardagi davlat ishtiroki qisqartiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan “Bozor va savdo komplekslari faoliyatini yanada takomillashtirish va ulardagi davlat ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytib o‘tilgan. 

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

•    bozor va savdo komplekslari faoliyat turini saqlash;

•    qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari savdo rastalari (pavilonlari)ni taqsimlash va to‘lovni amalga oshirishda shaffof elektron tizimini joriy qilish;

•    bozor va savdo komplekslari hududida (yonida) joylashgan avtoturargohlarida hisoblash va to‘lov qabul qilishni avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish;

•    bozor va savdo komplekslarining sanitar holatini talab darajasida saqlash;

•    bozor va savdo komplekslarida davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi, davlat veterinariya xizmati organlarining tayanch punktlarini joylashtirish uchun maxsus xonalar hamda sanitariya-epidemiologiya xizmat nazoratini tashkil qilish;

•    bozor va savdo komplekslari hamda unga tutash hududlarning infratuzilmasi, shu jumladan yo‘llarini shakllantirish yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.

Ular Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

•    Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan grafikka asosan bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash va savdoga chiqarish ishlarini tashkillashtiradi;

•    bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotish bo‘yicha investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida 2020-2021 yillarda har bir hududda biznes-forumlar, davlat aktivlari yarmarkalarini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing