Hokimiyatdan ag‘darilgan Sudan sobiq prezidenti shifoxonada ekani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Sudan armiyasi mamlakat sobiq prezidenti Umar al-Bashir Qurolli Kuchlarga tegishli Alya gospitalida saqlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“1989 yil 30 iyundagi davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda ayblangan harbiy gumonlanuvchilarning ba’zilari sog‘lig‘i yomonligi va tartibsizliklar boshlanishidan oldin Kober qamoqxonasidagi sog‘liqni saqlash xodimlari tavsiyasiga ko‘ra Qurolli Kuchlar Alya kasalxonasida saqlanmoqda”, deyiladi armiya bayonotida.

Shuningdek, bayonotda politsiya nazorati ostida ushlanganlar orasida sobiq prezident Umar al-Bashir va vazirlaridan Abdurahim Muhammad Husayn ham aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, bu bayonot yuzaga kelgan mish-mishlarga chek qo‘yish va ayrim OAV vakillari jamoatchilikni chalg‘itish uchun tarqatayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlarning oldini olish maqsadida qilingan.

Ma’lumot uchun, 1989 yildan Bashir va uning davridagi 27 nafar yuqori martabali arbob fuqarolik hukumatiga qarshi davlat to‘ntarishiga uringanlik va konstitutsiyani buzganlikda ayblanib, birinchi marta 2020 yil 21 iyulda sudga keltirilgan edi.

Sudan poytaxti Xartumdagi 4 ta qamoqxonadagi mahbuslar mojaro boshlanganidan keyin tashqi yordam bilan qochib ketgan. Ammo Milliy Kongress partiyasi yetakchilaridan biri Ahmad Horunning aytishicha, ular qamoqxonadagi sharoit yomonlashgani, suv va non tanqisligi hamda elektr ta’minotidagi uzilishlardan keyin “o‘zlarini himoya qilish uchun” qamoqdan ozod qilingan.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sudan sobiq prezidenti Umar al'-Bashir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar