Hokimiyat yolg‘on xabar tarqatdi, “Abu saxiy” yopilmagan
Jamiyat
−
07 iyul 2020
14100Toshkentdagi “Abu saxiy” bozori faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga bozordagi do‘kondorlar ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga testlar barcha savdo do‘konlari xodimlaridan olinmagan, ko‘plar shamollash alomatlari bilan ishni davom ettirmoqda, tartib va nazorat ham kuchaytirilmagan.
Bugun esa Chilonzor tumani hokimligi "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingani, test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangani va bozor vaqtincha yopilganini ma’lum qilgandi. Bozordagi tadbirkorlarga ko‘ra, testlar olinmagan, do‘konlar faoliyatini davom ettirmoqda.
Chilonzor tumani hokimligining bu ko‘zbo‘yamachiligi ortida nima yashiringani bizga qorong‘u.
LiveBarchasi