Hokimiyat vakiliga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2021
5612Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunda nazarda tutilgan.
Bunday harakatlar:
• BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);
• 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);
• 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.
LiveBarchasi