Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda. Bu haqda kecha, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunda belgilangan.

Qonun bilan nazarda tutilgan birinchi yo‘nalish – Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq jinoyatning jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalish esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Mazkur Qonun bilan mamlakatimizda Jinoyat Kodeksida hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanadi.

Qayd etilishicha, Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari), balki boshqa hokimiyat vakillarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatganlik yoki to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali ularning o‘z qonuniy faoliyatini to‘sqinliksiz amalga oshirishiga sharoit yaratiladi. Shuningdek, hokimiyat vakillarining sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing