HOQ prezidenti taekvondo bo‘yicha jahon chempionatiga boradi

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 18 may kuni bo‘ladigan bellashuvlarning eng asosiy tomoshabini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bo‘ladi. XOQ prezidenti 18 may kuni Manchester shahriga tashrif buyuradi va o‘sha kungi bellashuvlarni bevosita arenadan tomosha qiladi.

Bu yilgi jahon chempionati katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Musobaqada 150 mamlakatdan 975 sportchi ro‘yxatdan o‘tgan. Qolaversa, bellashuvlar 4D kameralar orqali translyatsiya qilinmoqda. Bu esa janglarni 360 gradusdan tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari musobaqaga tashrif buyurar ekan, xulosa qilish mumkin, katta ehtimolda o‘sha kungi g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi. Jahon chempionatining relgamentiga ko‘ra, 18 may kuni ishtiroki 17 may sanasiga belgilangan sportchilarning final janglari va ularni taqdirlash marosimi bo‘ladi. Taqvimga nazar tashlasak, 17 may kuni o‘zbekistonliklardan Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg) bahslarga kirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

HOQ

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar