Uyqusizlikka nima sabab bo‘ladi?
Foydali
−
30 may 2019
6805Inson yoshi o‘tgani sayin, uyqusi yoshlik paytlaridagidek bo‘lmay qolganidan noliydi. Bizdagi bu hodisa ruhiy va jismoniy holatimiz bilan bevosita bog‘liq ekan. Sizda ham uyqusizlik tez-tez sodir bo‘ladimi? Унда biz quyida beradigan ma’lumotlar orqali buning sababini bilib oling va uni oldini oling.
• Sog‘lom odamlarda uyqusizlikni keltirib чiқарувчi asosiy omil asabiylashish hisoblanadi. Uxlashdan oldin qancha ko‘p xavotirli, xotirjamlikni buzadigan voqea-hodisalar haqida o‘ylagan yoki ularning bevosita ishtirokchisiga aylangan odamlar uyqusizlik bilan ham kurashib chiqishga majbur bo‘ladi. Chunki, asabbuzarlik, xavotirlanish odamni sergaklantiruvchi xususiyatga ega. Bu esa albatta uyquning “dushman”i hisoblanadi.
• Ayrim kishilar uxlashdan oldin me’yoridan ortiq ovqatlanadilar. Buning natijasida ovqat hazm qilish tizimi zo‘riqadi. Bu esa ruhiy xotirjamlikka putur yetkazadi. Shuningdek, bosh miya tomirlarida zararlanish (ateroskleroz) yoki asab tizimida turli kasalliklari mavjud bo‘lganlar ham uyqusizlikdan aziyat chekadilar.
• Yotoqda e’tiborni o‘ziga jalb qiluvchi, yorug‘lik taratuvchi buyumlar bo‘lishi ham bedorlikni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, bunday buyumlar insonlarni chalg‘itibgina қолмай, miya faoliyatini faollashtirishga ko‘maklashadi. Odatiy tartibning buзiлishi ham uyqusizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, haftaning ish kunlari odamlar tanasidagi hayotiy quvvat – energiyani ko‘proq sarflab, holdan toyadilar. Bu esa ularning tez uxlab qolishlariga сабаб bo‘ladi. Dam olish kunlari esa dangasalik oqibatida o‘zlarini urintirmaslikka intiladilar. Natijada jismoniy jihatdan toliqmagan tanada energiya ko‘p bo‘ladi, natijada uyqu maylining hosil bo‘lish vaqti kechikadi.
• Muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq uyqusizlik kuzatiladi. Қiсқа muddatli uyqusizlik asosan iнсоннiнг kayfiyati, odatdagi yashash sharoitining buзiлishi va tashqi ta’sirlar orqali yuzaga keladi. Bunday holatda bedorlik kamchiliklar bartaraf etilishi va sharoitga moslashishga qarab 1-2 kun davom etishi mumkin.
• Uzoq muddatli uyqusizlik esa ko‘pincha asab tizimining kuchli ruhiy, hissiy shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning органiк kasalliklari (ayniqsa, miya qon-tomirlari aterosklerozi), ichki a’zolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon bez) kasalliklari bilan bog‘liq asab tizimining funksional buzilishlarida uchraydi. Agar uyqusizlik ikki-uch kundan ortiq davom etsa, shifokor bilan maslahatlashib, zarur muolajalarni olish tavsiya etiladi. Shifokor tavsiyasisiz dori-darmonlar bilan davolanish xavfli asoratlarga olib келishi mumkin.
Aziz mushtariylar, sizda ham quyidagi vaziyatlardan birortasi kuzatilsa, uni oldini olishga harakat qiling. Zero, tundagi yaxshi uyqu, kun bo‘yi yaxshi кайфiятда va tetik yurishingizga замiн yaratadi.
LiveBarchasi