Hindistondagi kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq 45 kishining hayotiga zomin bo‘ldi (video)
Olam
−
23 may 4830 1 daqiqa
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yoqqan kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq oqibatida kamida 45 kishi vafot etdi. Bu haqda “Times Of India” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘limlar asosan Kasganj va Fatehpur tumanlarida ro‘y bergan.
Shuningdek, Chitrakuta va Ambedkarnagar shaharlarida ikki kishi momaqaldiroq urishi oqibatida nobud bo‘lgan.
Gazetaning xabar qilishicha, shamol tezligi soatiga 60–100 km gacha yetgan va momaqaldiroq kelasi haftaga qadar davom etishi mumkin. Kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq sababli Dehli aeroporti kamida 13 ta reys yo‘nalishini o‘zgartirgan. Aeroportda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar yo‘lovchilarni reyslarning kechikishi va jadvalidagi o‘zgarishlar haqida oldindan ogohlantirgan.
Hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga tezkor kompensatsiya to‘lashni mahalliy hokimiyatlarga topshirgan.
Bildirilishicha, eng katta zarar qishloq joylarga yetgan. Ba’zi hududlarda “qizil” rangli ob-havo xavfi darajasi e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyada so‘nggi yillardagi eng falokatli suv toshqinlari kuzatilayotgani, Yangi Janubiy Uelsda kuchli suv toshqini oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi