Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindiston shimoli-sharqidagi Assam va Megxalaib shtatlarida suv toshqinlari oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy NDTV telekanali xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Assam shtatida 12 kishi, Megxalaibda esa 19 kishi toshqin va ko‘chki qurboni bo‘lgan. Har ikki shtatda 3000 ga yaqin qishloqdagi 1,9 millionga yaqin odam suv ostida qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 iyunidan boshlab mamlakat shimoli-sharqidagi qator hududlarda 800 millimetrdan ortiq yog‘ingarchilik yuzaga kelgan. Suv toshqinidan jabr ko‘rgan shtatlar ma’muriyati aholini uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda.

Shu bilan birga, sinoptiklar yog‘ingarchilik davom etishi haqida ogohlantirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing