Hindistonda “Omicron” bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi

Olam

image

Hindiston Sog‘liqni saqlash vaziriliga ko‘ra, kecha, 5 yanvar kuni mamlakat janubidagi Rojiston provinsiyasida koronavirusning “Omicron” shatmmi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, bemor 74 yoshli erkak kishi bo‘lgan. U qandli diabet va ikkilamchi kasalliklardan aziyat chekkan.

Hozirga qadar Hindiston bo‘ylab 2 630 ta “Omicron” bilan bog‘liq kasallanish holatlari qayd etilgan. 

Mamlakatda 6 yanvar holatiga ko‘ra koronavirus bilan zararlanganlarning soni 90 000 dan ortgan. So‘nggi 24 soat mobaynida 325 ta o‘lim holati qayd etilgan, shulardan atigi bittasi “Omicron” bilan bog‘liq. 

"Alomatlariga ko‘ra, bu “Omicron” bilan bog‘liq o‘lim. U diabet va ikkilamchi kasalliklarga chalingan keksa bemor bo‘lgan", deya ta’kidlagan Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibi Lav Agarval.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning 15 dekabr kuni shifoxonaga yotqizilgan bemor virusga qarshi to‘liq emlangan bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, mamlakatning Maxarashtra, G‘arbiy Bengaliya, Dehli, Kerala, Tamilnadu, Karnataka va Jxarxand provinsiyalari bo‘ylab “Omicron” shiddat bilan tarqalib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar Hindistonda 35 milliondan ortiq COVID-19 bilan kasallanish va 482 000 ga yaqin o‘lim holatlari qayd etilgan.

2021 yil aprel-may oylarida yuzaga kelgan virusning ikkinchi to‘lqini ortidan, mamlakat shifoxonalari bemorlarga to‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi izdan chiqqan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing