Hindistonda og‘zida 951 gramm oltin yashirib o‘tayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindiston poytaxti Dehli aeroportida 951 gramm oltinni og‘zida bojxonadan olib o‘tishga uringan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.

Ayblanuvchilar joriy yilning 10 sentyabr kuni Dubaydan uchib kelganida ushlangan.

“Bojxona tekshiruvi vaqtida ularning og‘iz bo‘shlig‘idan tish protezi va metall zanjir ko‘rinishidagi 951 gramm oltin topilgan”, degan bojxona xodimi.

Qayd etilishicha, avgustda ham ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Indira Gandi aeroportida qiymati 10 mln rupiy (136 ming dollar) ga teng oltinni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lganda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing