Hindistonda mudhish YTHda 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
02 Oktabr 2022
6716Kecha, 1 oktyabr kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchilarni olib ketayotgan traktor va tirkamaning ag‘darilib, hovuzga qulashi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Uttar-Pradesh shtatining Kanpur tumanida sodir bo‘lgan. Tirkamasida 50 ga yaqin odam bo‘lgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina suvga ag‘darilib ketgan. Qurbonlarning barchasi mahalliy ibodatxonalardan birida diniy marosimdan so‘ng uylariga qaytayotgan ziyoratchilardir.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, qutqaruv ishlariga politsiya va mahalliy aholi jalb qilingan.
Uttar-Pradesh Bosh vaziri Yogi Adityanatx halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan, shuningdek, odamlarni tashishda traktor tirkamalaridan foydalanmaslikka chaqirgan.
U ular faqat yuk tashish uchun ishlatilishi kerakligini ta’kidlagan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi avariya oqibatida a’zosini yo‘qotgan oilalar uchun 2 million rupiya (24 716 dollar) tovon puli to‘lanishini e’lon qildi. Jarohatlanganlarning har biriga esa 50 ming rupiya (taxminan 617 dollar) miqdorida moddiy yordam beriladi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi