Hindistonda egizak minoralar portlatib yuborildi (video)
Olam
−
29 avgust 2022 49596 1 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Hindistonning Noyda shahrida noqonuniy qurilgan ikkita osmono‘par bino portlatib yuborildi. Bu haqda “Financial Express” nashri xabar bermoqda.
Hindistondagi 103 metrli egizak minoralarini buzish operatsiyasi taxminan 9 soniya davom etgan. Binolarni portlatish uchun 3700 kilogrammdan ortiq portlovchi moddalar ishlatilgan.
Qayd etilishicha, osmono‘par binolar Hindistonda buzib tashlangan eng katta inshootlar hisoblanadi.
Operatsiya oldidan hududdan 5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, qo‘shni uylar qalin plyonka bilan qoplangan. Politsiya hududni o‘rab olib, bir qancha yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu binolarning qonuniyligi bo‘yicha sud jarayonlari 9 yil davom etgan. Sud qaroriga ko‘ra, quruvchilar osmono‘par binolar orasidagi minimal masofa me’yorlarini buzgan. 2021 yil avgust oyida Hindiston Oliy sudi binoni buzishga qaror chiqargan.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi