Hindistonda 14 yil oldingi teraktlar bo‘yicha 38 kishi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
18 fevral 2022
4284Hindistonda 2008 yilning iyulida Gujarat shtatida sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha 38 kishi o‘limga hukm qilindi.
Hindiston g‘arbidagi Ahmadobod shahrida sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangandi.
Sudya sudlanuvchilarni qasddan o‘limga sabab bo‘lish, davlatga qarshi til biriktirish va noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topgna. Mazkur ishga aloqador yana 11 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, 28 kishi dalil yo‘qligi sababli ozod etildi.
Hindiston sudi birinchi marta bir ishda bunchalik ko‘p ayblanuvchini o‘limga hukm qildi. Hukm qonuniy kuchga kirishi uchun yuqori sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Hindular va musulmonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning ildizi uzoq o‘tmishga taqaladigan Ahmadobod shahrida 2002 yilda yirik tartibsizliklar bo‘lib, 1000 dan ortiq odam, asosan musulmonlar halok bo‘lgan.
Hindistonning amaldagi Bosh vaziri, o‘sha paytda Gujarat shtati rahbari bo‘lgan Narendra Modi zo‘ravonliklarni ma’qullaganlikda ayblangan edi.
LiveBarchasi