Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun cheklovlar o‘rnatildi

Jamiyat

image

Tegishli tashkilotlar taklifini inobatga olgan holda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini O‘zbekistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ayrim davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

  • Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatish;
  • Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatish;
  • Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab  paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing