Hindiston koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Olam
−
23 yanvar 2021
5345O‘tgan kun davomida Hindistonda 347 058 fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi, bu 16 yanvarda boshlangan butun milliy emlash kampaniyasi uchun rekord natija bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash va oilani himoya qilish vazirligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, emlashning birinchi haftasida mamlakatda 1 million 390 ming 592 kishi emlangan.
Avvalroq, Hindistonda kuniga eng ko‘p emlanganlar soni 21 yanvar kuni qayd etilib, o‘shanda 237 050 kishi vaksinani qabul qilgandi. Shunday qilib, kampaniyaning dastlabki yetti kunida emlanganlarning o‘rtacha kunlik soni 198 656 kishini tashkil etdi.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi emlash markazlariga tobora ko‘proq odam tashrif buyurayotganini ta’kidlamoqda. Dastlabki kunlarda emlash kutilganidan kamroq bo‘lgan: masalan, aksiyaning birinchi kunida 300 ming kishining vaksina olishi rejalashtirilgan edi, ammo faqat 207 229 kishi vaksinaga qabul qilgan. Biroq, keyinchalik emlanganlar soni ko‘payishni boshladi.
LiveBarchasi