Hindiston koinotga ilk ayol-robotni jo‘natadi
Olam
−
22 yanvar 2020 4862 1 daqiqa
Joriy yilning 22 yanvar kuni Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti fazoga uchuvchisiz parvoz qiladigan gumanoid robotni taqdim etdi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, ayol yuzli va uzun sochli qiyofaga ega robot Viom Mitra deb nomlangan. U turli xil vazifalarni bajarishga qodir va ingliz hamda hind tillarida gaplashadi.
Rejaga ko‘ra, robot bilan kemani kosmosga uchirish 2020 yil oxirida amalga oshiriladi. Mitra kosmik kemada fazogirlar bajargan yumushlarni qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga, Yerga hisobot jo‘natib turadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel