Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi

Olam

image

Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi, bu qaror darhol kuchga kiradi. Bu haqda bugun, 14 may kuni mamlakat Savdo va sanoat vazirligi tashqi savdo bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

“Ushbu qaror ko‘plab omillar ta’sirida bug‘doyning xalqaro maydondagi narxlari keskin oshib ketishini hisobga olib, ichki narxlar o‘sishini nazorat qilish chora-tadbirlari doirasida qabul qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qarorda 13 maygacha qaytarib olinmaydigan akkreditivlar berilganlarga don yetkazib berishga ruxsat berildi. Yana bir istisno holat shuki, boshqa davlatlar hukumatlarining so‘roviga ko‘ra, o‘sha mamlakatlar ehtiyojini qondirish uchun Hindiston hukumatining ko‘rsatmasi bilan bug‘doy yetkazib berilishi mumkin.

Mart oyida Hindiston yaqin kelajakda bug‘doy eksporti bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lish uchun qadamlar tashlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Biroq, bir qator sabablarga ko‘ra, jumladan, bu don yetishtiriladigan hududlarda jazirama issiq bo‘lgani bois, respublika hozirda ichki bozorda ushbu mahsulot tanqisligi yuzaga kelishidan qo‘rqmoqda.

Avvalroq Hindiston hukumati 2021-2022 yillarda bug‘doy yetishtirish prognozini qayta ko‘rib chiqib, uni 5,7 foizga, 105 million tonnagacha qisqartirgan edi. Bunga yozning erta boshlanib, ekinlar hosildorligiga ta’sir ko‘rsatgani sabab bo‘lgan.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Tomson Pirining fikricha, Ukrainadagi vaziyat oziq-ovqat narxining oshishi va dunyoda ocharchilikka olib kelishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Qora dengiz havzasi g‘alla va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun eng muhim mintaqalardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing