Hindiston armiyasi yangicha “Kalashnikov” bilan qurollantiriladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq xabar qilganimizdik, kecha, 6 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hindistonga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Tashrif kun tartibidan harbiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari joy oldi.

Ikki davlat rahbarining muzokaralari natijasida erishilgan asosiy kelishuv Kalashnikov avtomatini Hindiston armiyasining asosiy hujum quroliga aylatirish rejasi bo‘ldi. Hozirda qo‘llanilib kelayotgan AK-47 klassik modeli o‘rniga zamonaviy AK-203 modeliga almashtirish hamda ushbu qurol bilan butun Hindiston armiyasini ta’minlashga kelishib olindi. Shu maqsadda AK-203 modelini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 590 mlnd dollarlik bitim imzolandi. Rejaga ko‘ra, mamlakatda 600 mingta Kalashnikov avtomatini ishlab chiqariladi.

Shuningdek, tashrif davomida 2+2 uchrashuvi bo‘lib o‘tdi: Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Hindiston TIV rahbari Subramanyam Jayshankar va Hindiston Mudofaa vaziri Rajnath Singh bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng ikki davlat delegatsiyalari muzokara olib bordi.

Sergey Lavrovning qayd etishicha Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan Hindiston o‘rtasida S-400 zenit raketa majmuasi yetkazib berish borasidagi hamkorlikka to‘sqinlik qilmoqda.

Bundan tashqari, ikki davlat TIV rahbarlari Lavrov va Jayshankar alohida uchrashuv ham o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlar haqida matbuotga bayonot bergan Lavrov, muzokaralarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat muhokama qilinganini bildirdi.

Rossiya diplomati so‘nggi yillarda bu mintaqada “beqarorlik unsurlari yig‘ilganini” ifoda etib shunday degan:

“Muzokaralar chog‘ida Qo‘shma Shtatlar bu yerda go‘yo Hind-Tinch okeani strategiyalari shiori ostida yopiq blokada tashkil etish harakatlaridan xavotirda ekanimizni yetkazdik”.

Rossiya bilan Hindistonning S-400 zenit raketa majmualarini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olganini yodga solgan Lavrov, bu hamkorlikning Hindiston mudofaa sohasi uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Doston Iskandarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing