Hind aktyori Shohruhxon O‘zbekistonda Bobur haqida serial olishi rostmi? Vazirlik izoh berdi

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Bollivud yulduzi Shohruhxon O‘zbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda ushbu serial 2 ta fasldan iborat bo‘lib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinishi qayd etilgan.

Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolg‘on ma’lumot ekanligi va bu borada vazirlik bollivud kino ijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3625

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing