Himolay yaqinida deyarli 200 nafar aholi evakuatsiya qilindi

Olam

image

Hindiston hukumati bugun, 7 yanvar kuni Himolay tog‘ tizmasi yaqinidagi Joshimat shahridagi 200 ga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Sababi shahardagi yuzlab binolarda tuproq o‘zgarishi natijasida yoriqlar paydo bo‘lgan. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

“So‘nggi haftalarda Joshimat shahridagi 600 dan ortiq uyda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi, natijada mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan 200 ga yaqin aholi xavfsizroq joylarga, jumladan, mehmonxonalarga ko‘chirilgan”, deydi hukumat rasmiysi Ximanshu Kxurana.

Mutaxassislar Joshimat va uning atrofidagi yirik qurilish ishlari, jumladan, gidroelektr stansiyalarining qurilishi yerning cho‘kishiga olib kelishi mumkinligi haqida yillar davomida ogohlantirib keladi.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Uttaraxand shtatidagi 17 000 ga yaqin aholiga ega Joshimat shahri ziyoratchilar uchun sevimli manzillardan biri bo‘lib, bu joy Himolay tog‘lariga boradigan sayyohlar orasida juda mashhur hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil fevral oyida Hindistonning Chamoli viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqini 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan, shuningdek, toshqin ikkita gidroelektr stansiya loyihasini buzib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Himolay Chamoli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar